“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:44
ЎЗO‘Z

Prezident davlat xavfsizlik xizmati organlarining yana bir sohadagi vakolatlari belgilandi

06 sen, 09:43 5 256 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident davlat xavfsizlik xizmati organlarining yana bir sohadagi vakolatlari belgilandi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 mayda qabul qilingan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-371-sonli Qonuniga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi:

9-moddaning (Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi) birinchi qismi (Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi):

quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari»;

quyidagi mazmundagi 12-1-modda bilan to‘ldirildi:
«12-1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezident davlat xavfsizlik xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari:
- huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
- huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
- qo‘riqlanuvchi shaxslarning manfaatlari, xavfsizligi va daxlsizligiga qarshi huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning hisobini yuritadi;
- huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin».




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 43
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 206
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar