“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 22:47
ЎЗO‘Z

Samarqand viloyatida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi

03 sen, 14:14 3 504 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqand viloyatida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi 3 sentyabr kuni taxminan soat 07:00da Samarqand viloyati, Jomboy tumanining Beshbola qishlog‘i hududida «ISUZI» rusumli avtobus «MAN» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlarga qaraganda, avtobusda 31 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ularning 22 nafari turli darajadagi tan jarohati olgan. 1 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.

«Tez tibbiy yordam birigadasi voqea joyiga 5 daqiqada yetib borgan. Jami 8ta tez tibbiy yordam brigadasi ko‘magida jarohatlanganlarning barchasi tezkor ravishda Jomboy tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bemorlarga o‘z vaqtida tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida sanitar aviatsiya xizmati orqali neyroxirurg, xirurg, travmatolog kabi qator tajribali mutaxassislar safarbar etildi. Ayni paytda yo‘l-transport hodisasi natijasida jarohatlanganlarning 6 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialiga davolanish uchun ko‘chirilgan, 3 nafar bemorga Jomboy tuman tibbiyot birlashmasida, 13 nafar bemorga esa ambulator tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Qo‘shimcha dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berildi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining telegramdagi kanalida.
Samarqand, yuk avtomashinasi, ISUZI




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 0
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 34
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 52
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 0
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 134
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 140
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 28
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 30
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 193
  • Bo‘limlar