“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:56
ЎЗO‘Z

AQSh O‘zbekistonga kadrlar tayyorlashda yordam beradi

31 avg, 09:40 2 306 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSh O‘zbekistonga kadrlar tayyorlashda yordam beradi Kecha, 30 avgust kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida AQSh elchisi Daniel Rozenblum bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vazir Inomjon Majidov va Daniel Rozenblum zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida kelgusida oliy ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

– So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari to‘qimachilik va kimyo sanoati, farmatsevtika, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, mashinasozlik, energetika va boshqa shu kabi texnika va muhandislik fanlari sohasida xalqaro hamkorlik qilishga katta e’tibor qaratmoqda, – dedi uchrashuvda Inomjon Majidov. – Biz AQSh bilan bu yo‘nalishlarda Toshkentda AQSh universitetlari filialini tashkil qilish yoki kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilishga doim tayyormiz.

Elchi AQShlik mutaxassislarning o‘zbek oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, o‘quv reja va dasturlarni tuzish, qolaversa, ikki davlat o‘rtasida akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yishga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etdi. Shu bilan birga istiqbolda malakali kadrlar tayyorlashda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishda hali juda katta imkoniyatlar borligini aytib o‘tdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 36
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 47
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar