“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:16
ЎЗO‘Z

Toshkentdan yana ikkita shaharga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

29 avg, 16:05 3 004 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentdan yana ikkita shaharga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
“Uzautotrans Service” MChJ tomonidan 27 avgust kunidan e’tiboran “Toshkent-Yakkabog‘” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Mazkur yo‘nalish masofasi 500 km bo‘lib, chipta narxi 52 000 so‘m etib belgilangan. Qatnovlar zamonaviy barcha qulayliklarga ega bo‘lgan Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtobus soat 13:10da “Toshkent” avtovokzalidan yo‘lga chiqadi. Yakkabog‘dan esa 09:30da poytaxt tomon harakatlanishni boshlaydi.

Shuningdek, 30 avgust kunidan e’tiboran “Toshkent-Urgut” yo‘nalishida ham muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Masofasi 387,9 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishda chipta narxi 42 000 so‘mni tashkil etadi. Avtobus soat 13:20da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘naydi. Urgutdan esa 07:30da harakatlanishni boshlaydi.

“Hurmatli yo‘lovchilar, Toshkent avtovokzalidan amalga oshirilayotgan mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam qatnovlar to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni avtovokzalning (71) 207 87 00, 207 87 02 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlarga chiptalarni avtoticket.uz sayti orqali ham sotib olish imkoni mavjud”, - deyiladi vazirlik xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 47
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 43
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 127
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 158
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar