“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:54
ЎЗO‘Z

Dunyoning 300 nafar olimi Prezidentga minnatdorlik bildirib, faoliyatiga yuqori baho berdi

29 avg, 11:53 2 717 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoning 300 nafar olimi Prezidentga minnatdorlik bildirib, faoliyatiga yuqori baho berdi Foto: «Daryo»
Joriy yilning 27 avgust kuni «O‘zbekiston — buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat» madaniy meros haftaligi yakunlandi. Bu haqda «Daryo»ga tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi.
Unda o‘z hayotini O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va targ‘ib etishga bag‘ishlagan dunyoning 300 dan ziyod olimlari ishtirok etdi.

Haftalik doirasida o‘tkazilgan III xalqaro Kongressda 40 mamlakatdan tashrif buyurgan olimlar ishtirok etdi. Ular O‘zbekistonda madaniyat va fan rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Davlat rahbarining misli ko‘rilmagan tashabbuslari nafaqat keng jamoatchilik, balki ilmiy jamiyat qalbida ham aks-sado berdi va qo‘llab-quvvatlandi. O‘zbekistondan so‘nggi uch yilda qabul qilingan ko‘plab tashabbuslar III xalqaro Kongressda olg‘a surilgan yangi tashabbuslarni ishlab chiqishga turtki bo‘ldi.

Madaniy meros loyihasining asosiy yo‘nalishlaridan biri — bu uch tildagi illyustrativ kitob-albomlarni chop etish hamda hujjatli filmlar suratga olish. O‘zbekistonning ilmiy jamoatchiligiga qator yangi loyihalar ham taklif etildi.

Ular quyidagilar:
— «O‘zbekistonning 100 nodir qo‘lyozmasi» (turli mamlakatlardagi ilmiy va madaniy muassasalarda saqlanayotgan, bevosita O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan qo‘lyozmalarni izlab topish va ularning faksimile nusxalarini mamlakatga olib kelish yo‘nalishida);
— «O‘zbekistonning me’moriy obidalari kartografiyasi»;
— «O‘zbekistonning me’moriy epigrafikasi»;
— «O‘zbekistonning me’moriy obidalari katalogi»;
— «O‘zbekistonning fan va madaniyati olimlar ishlarida».

Shuningdek, Parijdagi Temuriylar jamiyatining 30 yillik faoliyati davomida nashr etilgan La Timuride jurnalini umumlashtirish va boshqalar.
Butunjahon jamiyatining joriy yildagi «ovozi» avvalgidek kabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaati bo‘ldi.

«Muhtaram Shavkat Miromonovich! Biz tomonimizdan qabul qilingan loyihalarni o‘z ichiga olgan «Yo‘l xaritasi»ni amalga oshirishni shaxsan qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilamiz. Fursatdan foydalanib, o‘zbek xalqiga xos sharqona mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorchilik izhor etib, Sizga mustahkam sog‘liq, insonparvar maqsadlaringizda va gullab-yashnayotgan O‘zbekistonni rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali ishlaringizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!» — deyiladi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati a’zolari tomonidan qabul qilingan murojaatda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar