“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:42
ЎЗO‘Z

Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga ilk sertifikatlarni topshirdi

29 avg, 08:30 3 474 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga ilk sertifikatlarni topshirdi 27 avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida boshlang‘ich ta’lim oldidan majburiy yillik maktabgacha tayyorlovdan o‘tgan bolalarga ilk guvohnomalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Maktabgacha ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Mirziyoyeva va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev ishtrok etdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston hukumat qaroriga asosan bolalarni maktabga bir yillik majburiy tayyorlash loyihasi boshlangandi. Tajribaning dastlabki bosqichi Qorakalpogiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida amalda tatbiq etilib, 11 ming nafar bolani qamrab oldi.

Dastur maktabgacha yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga bormagan bolalar uchun mo‘ljallangan. Loyiha "Ilk qadam" dasturining bir qismi sifatida amalga oshiriladi va maktabda bir yillik majburiy tayyorgarlikni talab qilmaydi.

Birinchi bosqich yakunidan so‘ng, vazirlik butun respublika bo‘ylab maktabgacha bir yillik tayyorgarlikni boshlaydi.

Maktabgacha talim tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 2020 yilda 85,2 foizni, 2021 yilda 100 foizni tashkil qilishi kerak. Toshkentda esa yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 100 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Kelgusida davlat tomonidan tasdiqlangan sertifikat mavjudligi birinchi sinflarga qabul qilish uchun muhim hisoblanadi. Hozirda ushbu masala Maktabgacha talim va Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 65
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 88
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 138
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar