“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 14:26
ЎЗO‘Z

MIB bank foydasiga ko‘chmas mulklarni undirdi

28 avg, 14:52 2 911 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB bank foydasiga ko‘chmas mulklarni undirdi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 20.02.2019 yildagi qarzdor “Oq Qayin Sport Plus” MChJ, qo‘shimcha javobgarlar U.Sadikov, I.Xusanov, M.Muminov, M.Qurbonova va R.Xapizovlardan undiruvchi ATB “Kapitalbank” Qo‘qon filiali foydasiga 5 mlrd. 770,5 mln. so‘m qarzdorlikni undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan 20.03.2019 yilda ish yurituviga olingan.

Mazkur ijro ishi yuzasidan qarzdor “Oq Qayin Sport Plus” MChJga tegishli Qo‘qon shahar T.Malik ko‘chasida joylashgan 2 mlrd. 250 mln. so‘mlik choyxona kompleksi bino-inshootlari hamda qo‘shimcha javobgar U.Sadikovga tegishli 2 mlrd. 975 mln. so‘mlik hamda bino-inshootlar xatlanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi tasarrufidagi elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish Markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan.

Navbatdagi xatlov qo‘shimcha javobgar I.Xusanovga tegishli Qo‘qon shahar, A.Navoiy mavzesida joylashgan 150 mln. so‘mlik kir yuvish va quritish shaxobchasi va ayollar saloni bino-inshootiga qaratilgan.

Biroq, ko‘chmas mulk bino-inshootlari bir necha marotaba “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yilishiga qaramasdan o‘z xaridorini topmagan. Shu sababli qonunda belgilangan tartibda arzonlashtirilib, undiruvchi ATB “Kapitalbank” Qo‘qon filialiga taklif qilingan.

Mazkur taklif undiruvchi tomonidan ma’qullanib, ijro hujjatiga asosan 4 mlrd. 837,5 mln. so‘mlik ko‘chmas mulklar bank tomonidan qabul qilish-topshirish daloltanomasiga asosan qabul qilib olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 2
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 17
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 38
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 274
  • Bo‘limlar