“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 03:28
ЎЗO‘Z

Buxoroda jayron ovlagan shaxslar qo‘lga olindi

28 avg, 10:48 3 362 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda jayron ovlagan shaxslar qo‘lga olindi Qorako‘l tuman Bandboshi mahalla fuqarolar yig‘ini cho‘l hududida UAZ rusumli avtomashinada kuchli yoritgich asbobi yordamida noqonuniy ov qilib yurgan 4 nafar huquqbuzar to‘xtatilgan. Bu haqda Buxoro viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ma’lum qildi.

Ular o‘zlarini Qorako‘l tuman «Qoraxoji» mahallasida yashovchi fuqarolar deb tanishtirgan.
Huquqbuzarlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ikki bosh jayron otilgan.

Ularni to‘xtatgan harbiy qism xizmatchilari noqonuniy ov bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga murojaat qilgan. Ekologiya boshqarmasi mas’ul xodimlari voqea joyiga borib, huquqbuzarlardan tushuntirish xatlarini olib, dalolatnoma va bayonnomalarni rasmiylashtirgan.

Ularga tegishli ov qurollari, o‘q-dorilar, kuchli yoritgich asbobi va avtomashina Qorako‘l tuman IIB xodimlariga topshirildi.

Huquqbuzarlarning hatti-harakatida jinoyat alomatlari borligi sababli tergov-surishtiruv olib borish va ularga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida chora ko‘rish maqsadida ushbu ish bo‘yicha yig‘ilgan hujjatlar to‘plami Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasiga yuborildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 156
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 49
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 40
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 58
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 31
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 246
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 65
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 115
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • Bo‘limlar