“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 19:50
ЎЗO‘Z

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi: «2020 yilda vizasiz rejimga ega mamlakatlar soni 85taga yetadi»

25 avg, 18:18 2 714 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi: «2020 yilda vizasiz rejimga ega mamlakatlar soni 85taga yetadi» 23-24 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan Senatning 21-yalpi majlisida turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil davomida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Abdulaziz Oqqulovning ma’lumot berishicha, 2020 yil 1 yanvarga qadar fuqarolari uchun vizasiz rejim tatbiq etiladigan davlatlar soni 85 taga yetadi.

«Turizmni rivojlantirishdagi asosiy omillardan biri iqtisodiy barqaror, xavfsiz mamlakatlar fuqarolari uchun viza rejimini liberallashtirish hisoblanadi. 2018 yilda 9ta mamlakat fuqarolari uchun O‘zbekistonga viza rejimi bekor qilingan bo‘lsa, 2019 yil davomida qo‘shimcha tarzda yana 47ta mamlakat fuqarolariga vizasiz rejim tatbiq etildi va bunday davlatlarning umumiy soni 65taga yetdi. Fuqarolari elektron viza olishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni esa 77taga yetkazildi. Ikki va ko‘p martali viza olish rejimi ham joriy etildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, joriy yilning o‘tgan 7 oyida vizasiz rejimli mamlakatlardan tashrif buyuruvchilar soni 58 foizga ortganini ko‘rish mumkin», ─ deydi Oqqulov.

Qo‘mita raisining bayonotiga ko‘ra, 2019 yil avvalidan hozirgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekistonga 3 mln 700 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Ularga 711 mln dollar qiymatidagi turistik xizmatlar ko‘rsatilgan. Joriy yil yakuniga qadar umumiy hisobda 6 mln nafardan ortiq sayyoh tashrifi kutilmoqda, prognozga ko‘ra 1 mlrd 301 mln dollar qiymatida turistik xizmatlar eksport qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 0
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 0
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 0
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 0
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Bo‘limlar