“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:30
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: «O‘zim ko‘p yillar o‘qituvchi bo‘lib ishlaganim uchun bu sohaning qanchalik qiyin va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman»

24 avg, 19:08 3 527 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: «O‘zim ko‘p yillar o‘qituvchi bo‘lib ishlaganim uchun bu sohaning qanchalik qiyin va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz nashrining xabar qilishicha, davlat rahbari yig‘ilish davomida o‘qituvchilarning jamiyatdagi obro‘si mavzusini tilga olgan.

«Men muallimlarning jamiyatimizdagi obro‘sini oshirish haqida ko‘p o‘ylayman. Chunki o‘zim ko‘p yillar oliygohda domla bo‘lib ishlaganim uchun bu sohaning qanchalik qiyin va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman.

Albatta, bu borada moddiy qo‘llab-quvvatlash muhim, lekin bu kasbning obro‘sini faqat o‘qituvchining o‘zi fidokorona mehnati, o‘z ustida tinimsiz ishlashi, boshqalarga o‘rnak bo‘lishi bilan oshira oladi. Biz endi jamiyatimizda o‘qituvchilarni «siz»lab, ularning sha’ni va hurmatini boshimizga ko‘taradigan, ularni tom ma’noda kelajak bunyodkorlari, deb ulug‘laydigan muhitni yaratishimiz zarur.

Biz yosh paytimizda taniqli adib Parda Tursunning «O‘qituvchi» degan romani bo‘lardi. Men shu asarni juda qiziqib o‘qiganman. Bosh qahramon - fidoyi muallim Elmurod obrazi meni hayajonga solgan. Buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning «Birinchi muallim» qissasi ham yaxshi ko‘rgan asarlarim qatoriga kiradi.

Lekin, savol tug‘iladi - nima uchun barchamizga ta’lim-tarbiya berib, bizning kamol topishimiz uchun o‘zini ayamasdan fidoyilik ko‘rsatgan mo‘’tabar zot - aziz o‘qituvchi va ustozlar haqida bugun ana shunday asarlar, film va spektakllar yaratilmayapti?

Agar hozirgi maktablarimiz hayoti haqida bitta zo‘r badiiy asar yoki film ishlansa, jamiyatning ong-u tafakkurini o‘zgartirishga kuchli ta’sir o‘tkazishi tabiiy», - dedi davlat rahbari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 3
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 150
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar