“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 01:01
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: «Sirti yaltiroq, ichi qaltiroq kollejlarimizga mahliyo bo‘lib, shuncha vaqtni bekorga boy berdik»

24 avg, 14:00 2 617 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: «Sirti yaltiroq, ichi qaltiroq kollejlarimizga mahliyo bo‘lib, shuncha vaqtni bekorga boy berdik» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni ta’lim tizimiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun.uz nashrining xabar berishicha, davlat rahbari yig‘ilishda kollejlar haqida ham gapirgan.

«Katta kuch va mablag‘ hisobidan barpo etilgan, lekin hayotda o‘zini oqlamagan kollej tizimiga zo‘r berib, maktabni butunlay esimizdan chiqarib qo‘ydik. Holbuki, ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori - bu maktab emasmi? Maktabni maktab qiladigan kim? O‘qituvchi emasmi?

Dunyodagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda barcha islohotlar maktabgacha ta’lim tizimidan, ya’ni bog‘chadan, maktabdan, tarbiya masalasidan boshlanganini ko‘ramiz. Chunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

O‘tgan asr boshida jadid bobolarimiz shuning uchun ham maktab masalasini eng birinchi o‘ringa qo‘ygan edilar. Buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir», degan so‘zlarida qanday chuqur ma’no bor.

Biz esa sirti yaltiroq, ichi qaltiroq kollejlarimizga mahliyo bo‘lib, shuncha vaqtni bekorga boy berdik. Yaqin o‘tmishda ham otalarimiz, akalarimiz, opa-singillarimiz juda hashamatli maktablarda o‘qimagan. Lekin ularning bilimi, malakasi, g‘ururi yuqori bo‘lgan, el-yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan.

Afsuski, bugungi kunda bolaning qalbida ma’naviyat va ma’rifat cho‘g‘ini uyg‘otadigan haqiqiy maktablar va o‘qituvchilar nihoyatda kam», - dedi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 0
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 142
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 49
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 0
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 0
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 8
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 24
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 16
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 200
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 47
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 87
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • Bo‘limlar