“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:53
ЎЗO‘Z

Prezident: «O‘qituvchilarni paxtaga, ko‘cha supurishga jalb qilib, obro‘-e’tiborini tushirdik»

24 avg, 12:53 2 727 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: «O‘qituvchilarni paxtaga, ko‘cha supurishga jalb qilib, obro‘-e’tiborini tushirdik» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

«Yaqin tariximizda Prezident rahbarligida hech qachon bunday yig‘ilish o‘tkazilmagan. Maktab masalasi - bu kelajak masalasi, hayot-mamot masalasi. Uni davlat, Hukumat va hokimlarning yolg‘iz o‘zi hal qilolmaydi. Bu - butun jamiyatning ishiga aylanishi kerak.

Afsuski, o‘tgan salkam 30 yil mobaynida biz bu masalaga yetarlicha e’tibor bermadik. Natijada nima bo‘ldi? Maktabni barbod qildik, o‘qituvchini ham yo‘qotdik. Bolalarda o‘qishga havas va intilish susaydi. Eng yomoni, maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy muhit yo‘qoldi. O‘qituvchi kasbining obro‘yi, nufuzi pasayib ketdi. Natijada maktabdan erkak o‘qituvchilar ketib qoldi.

O‘qituvchilarning moddiy ahvoli, mehnat sharoiti haqida bosh qotirmadik. Ularni paxtaga, ko‘cha supurishga, ularga xos bo‘lmagan ishlarga jalb qilib, obro‘-e’tiborini tushirdik. Ta’lim haqida pastdagi ahvolni o‘rganmay, haqiqiy vaziyatni bilmay yarim-yuluq qabul qilgan dasturlarimiz ko‘p hollarda chala-chulpa bajarildi.

Yangi davr o‘qituvchilarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalari, kreativ yondashuvlar haqida deyarli o‘ylaganimiz yo‘q», - dedi prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 49
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar