“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 14:18
ЎЗO‘Z

Senat yangi qonunni ma’qulladi

23 avg, 11:10 3 257 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senat yangi qonunni ma’qulladi Senat tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni ma’qullandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonunga ko‘ra:
Xotin-qizlar va erkaklarga davlat tomonidan teng huquq va imkoniyatlar kafolatlanadi, ularni jinsi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bunda:
- bola tug‘ish va ko‘krak suti bilan oziqlantirish;
- muddatli harbiy xizmatga faqat erkaklarni chaqirish;
- qamoqda saqlash, jazoni ijro etish joylarida saqlash tartibida farqlarni belgilash kabilar jinsi bo‘yicha kamsitish hisoblanmaydi.
Endilikda qonun hujjatlaridagi jins bo‘yicha kamsitiga yo‘l qo‘yadigan normalarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida ushbu hujjatlar va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi o‘tkaziladi.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi yagona davlat siyosati Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunga ko‘ra agar shaxs o‘zini jinsi bo‘yicha kamsitishga duchor etilgan deb hisoblasa sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Bunda jinsi bo‘yicha kamsitishga duchor etilgan shaxsdan davlat boji undirilmaydi.
Ma’qullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 2
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 17
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 38
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 274
  • Bo‘limlar