“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:06
ЎЗO‘Z

Yaponiyalik sayyohlar qadimiy Samarqandda

22 avg, 17:15 2 411 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yaponiyalik sayyohlar qadimiy Samarqandda
Maʼlumki, Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchi Yaponiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etilgan edi.

Bu albatta kunchiqar davlatdan mamlakatimizga turistlar tashrifining kun sayin oshib borishiga xizmat qilmoqda. Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilning 7 oyida Samarqandga dunyoning 157 mamlakatidan 281 mingdan ziyod turistlar tashrif buyurgan.

Kuni kecha “Narita-Samarqand” yoʻnalishidagi charter reysi bilan209 nafar yaponiyalik sayyohlar Samarqand viloyatiga tashrif buyurishdi. Maʼlumot oʻrnida joriy yilning boshidan bugungi kunga qadar 13 marotaba ushbu yoʻnalishda parvozlar amalga oshirilgan.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tashabbusi bilan axborot xizmati hamda viloyatdagi bir guruh jurnalistlar tomonidan yurtimizga tashrif buyurgan yaponiyalik mehmonlar kutib olindi. Ertasi kuni Registon maydonida ham mehmonlar bilan safar taassurotlari xususida suhbatlashdik. Yaponiyalik turistlar mamlakatimiz va qadim Samarqand toʻgʻrisida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashishdi.

Yuko Hirota:

– Oʻzbekiston men uchun begona emas. U meni ikkinchi ona Vatanimga aylangan. Chunki men 4 yil davomida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida oʻqiganman. Shu sababli hozir siz bilan oʻzbek va rus tillarida bemalol gaplashayapman. Bugun bir guruh vatandoshlarim bilan sayyoh sifatida Samarqandni tomosha qilgani keldik. Men avval ham bu shaharda boʻlganman. Bu zaminning nonini taʼmi ogʻzimda qolgan. Hozirda men Yaponiya “World Air sei service” turizm kompaniyasida ishlayman. Oxirgi paytlarda Yaponiya va Oʻzbekiston davlatlarining doʻstona munosabatlari yaxshilanib borishi munosabati bilan Yaponiyalik turistlarning Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishi kun sayin ortib bormoqda. Qolaversa Prezidentingiz tashabbusi bilan oʻtgan yildan boshlab Yaponiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etilgani yapon va oʻzbek turizmi rivojlanishiga turtki boʻldi. Oʻzbekiston tarixi, chiroyli tabiati va qadimiy urf-odatlari Yaponiyada juda katta qiziqish uygʻotadi. Yirik matbuot manbaalarida, televideniyeda Oʻzbekiston mavzusi doimo yoritib boriladi. Yaponiyadan Oʻzbekistonga turistlar soni ham yildan-yilga oshib borayotgani ham bizni xursand qilmoqda.

Shizino Okunura:

– Men birinchi marta yurtingizga tashrif buyurishim. Qiziqishim yuqori. Faqat internet orqali Oʻzbekistonning musaffo osmoni, Samarqandning tarixiy obidalari toʻgʻrisida maʼlumotga ega edim. Mana bugun nigohim bilan Registon maydonini tomosha qilib, siz bilan suhbatlashmoqdaman. Haqiqatdan ham tarixiy obidalar bir-biridan chiroyli. Ayniqsa, tungi Registonni tomosha qilib rosa maza qildim. Menga oʻzbek milliy taomlaridan palov juda manzur boʻldi. Shuningdek, oʻzbek xalqining mehmondoʻstligiga gap boʻlishi mumkin emas. Eʼtibor bersam oʻzbek va yapon xalqlarining bir-biriga oʻxshash tomonlari koʻp ekan.

Kozima Yuko:

– Bizlarni yuqori saviyada kutib olganlaringizdan benihoyat xursandmiz. Chegara va bojxona nazoratidan ortiqcha ovoragarchiliksiz oʻtdik. Bizning ham xalqaro aeroportimizda yoʻlovchilar uchun “yashil” va “qizil” joriy etilgan. Agar yoningizda noqonuniy va taqiqlanmagan tovar boʻlmasa 4-5 daqiqa ichida bojxona zonasidan oʻtib ketasiz. Koʻrib turibmanki, ushbu xalqaro tajriba sizning ham bojxona xizmati amaliyotiga kiritilgan. Bu esa yoʻlovchilarga juda qulay. Men bugun Samarqandga oʻgʻlim bilan birga keldim. U talaba. Tarixga juda qiziqadi. Biz Samarqanddan tashqari Shahrisabz, Buxoro va Xiva kabi shaharlarda ham sayohat qilishni rejalashtirganmiz. Oʻylaymanki, bir olam taasurotlar bilan yurtimizga qaytamiz.

Kozima Kazuki:

– Yaponiyaning Hohokkaido universitetining tarix fakultetida oʻqiyman. Bugun onam bilan Samarqandni tomosha qilgani keldik. Boʻlgʻusi tarixchi sifatida koʻrganlarim xotiramda butun umrga muhrlanib qoldi. Yaponiyalik talabalar qadim Samarqandni arxeologik topilmalariga, uning qadim tarixiga hamda noyob obidalarini koʻrishga qiziqishi yuqori. Samarqandda qadimiy Afrosiyob shahar xarobasida qazish ishlari davomida topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi 8-5-asrlarda Sugʻdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini koʻrsatadi. Bugun mana shu muqaddas maskanga kelganimga oʻzim ishonmay turibman. Buyuk sarkarda Amir Temurning dunyo tarixida qoldirgan oʻchmas izi, uning davlat boshqaruvi toʻgʻrisida oʻqiganman. Temur tomonidan qurilgan takrorlanmas obidalarni tomosha qilib yana bir bor uning buyukligiga guvoh boʻldim. Albatta bu yerda olgan taasurotlarimni tengdoshlarimga yetkazaman.

Mehmonlarning yurtimiz haqidagi fikrlarini tinglab qalbimiz faxr-iftixorga toʻldi.

Qadim Samarqandda 2022-yilga borib kamida 2 million turistni qabul qilish koʻzda tutilgan. Bu esa mamlakatimizni yanada jahonga tanitish hamda iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 43
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 44
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 134
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 263
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar