“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:38
ЎЗO‘Z

Markaziy harbiy okrugi jangovar tayyorgarlikning yangicha usullarini namoyish etdi

20 avg, 12:16 3 391 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy harbiy okrugi jangovar tayyorgarlikning yangicha usullarini namoyish etdi Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarlik boshqarmasi hamda Maxsus operatsiya kuchlari bo‘limi tomonidan Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida jangovar tayyorgarlikning oddiy va samarali usullarini qo‘llash bo‘yicha bir nechta usul va metodlar ishlab chiqildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jizzax garnizonidagi Maxsus operatsiya kuchlari joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan yangicha yondashuvdagi ushbu mashqlar harbiy estafeta musobaqasi ko‘rinishida ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini qudratini oshirishda bevosita jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarining o‘rni katta. Shu sababli hozirgi vaqtda oddiy, lekin samarali usul va metodlar o‘ylab topilmoqda.

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik Po‘lat Sotivoldiyev tomonidan tavsiya qilinayotgan amaliy mashq usullari va unga kerak bo‘ladigan o‘quv moddiy baza oddiyligi bilan farqlanadi. Kam vaqt sarflab, qo‘lbola vositalardan foydalangan holda yaratilgan “mashq maydonchasi” harbiy xizmatchilarning bo‘linma va yakka tartibda jismoniy qobiliyatlari va bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.

Jumladan, jamoaviy kompleks o‘qitish, ko‘z bog‘langan holda qurolni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, jang maydonida har usullarda otish holatini egallash, kompleks shug‘ullanish, jang maydonidan yaradorlarni olib chiqish, o‘q-dori yetkazish, to‘sin bilan jamoaviy shug‘ullanish va boshqa mashqlar harbiy jamoalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat muhitini yaratib, harbiy xizmatchilarning epchillik va chaqqonlik fazilatlarini yanada rivojlantiradi.

Misol uchun, “Askarlar yopinchig‘i” metodida aylana shaklda o‘q-otar qurollar namunalari qo‘yiladi. Harbiy xizmatchilar esa qurollardan bir qadam uzoqlikda turishadi. Komanda berilgandan so‘ng, harakat soat yo‘nalishi yoki qarama qarshi yo‘nalish bo‘ylab almashgan holda davom ettiriladi. Bunda bo‘linmalarning barcha tarkibdagi qurollarni noto‘liq qismlarga ajratish-yig‘ish bilim va malakasi oshiriladi.

Shuningdek, harbiy okrugda innovatsion yondashuvlar asosidagi ixtirochilik ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ishlanmalar harbiy hayotga tatbiq etilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 143
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 151
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 269
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 35
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 95
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 147
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • Bo‘limlar