“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 13:40
ЎЗO‘Z

Mixail Chudakov: "Karimov davrida mendan Toshkent yaqinidagi yadroviy reaktorni yopishni so‘rashgan"

19 avg, 22:43 3 086 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mixail Chudakov: "Karimov davrida mendan Toshkent yaqinidagi yadroviy reaktorni yopishni so‘rashgan" O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov davrida Toshkent yaqinidagi BBP-CM yadroviy tadqiqot reaktorini yopishni rejalashtirishgandi, dedi Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori o‘rinbosari Mixail Chudakov.

«Avvalgi prezident (Islom Karimov – tahr.) davrida elchi keldi. U bu reaktorni yopish zarurligiga meni ishontirmoqchi bo‘ldi va uni yopish uchun pul topishni so‘radi. Unga bunday qilmaslik kerak, sizlar yadroviy davlatsizlar. Ertami-kechmi albatta atom energetikasiga o‘tasizlar. Uni aslo yopmaslik kerak deb aytdim. Uni bu katta xato ekanligiga ishontirishga bir soat vaqtim ketdi», – dedi Chudakov.

Chudakov O‘zbekiston ulkan yadroviy energetika yaratish borasida to‘g‘ri qaror qabul qilganini e’tirof etdi.
«Bu o‘ziga xos energiya manbai. Xalqaro atom energiyasi agentligi O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan 19ta yo‘nalish bo‘yicha yadroviy infrastrukturani mustahkamlashga yordam beradigan qator dasturlarga ega. Men atom energetikasining muqobili yo‘qligiga ishonaman», – dedi u.

Mixail Chudakov boshchiligidagi delegatsiya dushanba kuni Toshkentga keldi. U ertalab O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida bo‘ldi va O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov bilan muzokara o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, quvvati 2 MVt bo‘lgan yadroviy tadqiqot reaktori 1959 yilda ishga tushirilgan. 1971 yilda yadro reaktorining yangi faol hududi sinovdan o‘tkazilgan va uning quvvati 10 MVtgacha yetgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 1
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 0
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 65
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 0
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Bo‘limlar