“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 00:01
ЎЗO‘Z

Qoraqalpog‘istonda 25 yoshli ayol eri tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi

19 avg, 21:20 7 961 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qoraqalpog‘istonda 25 yoshli ayol eri tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi Foto: «KRuz.uz»
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida Hayit bayrami kuni mudhish qotillik sodir etildi, deb xabar beradi «KRuz.uz».

11 avgustdan 12 avgustga o‘tar kechasi soat 00:20 larda Xo‘jayli tumani «Mustaqillik» OFY hududida yashovchi fuqaro A.Q. turmush o‘rtog‘i 1994 yilda tug‘ilgan M.Q. bilan uyida o‘zaro oilaviy janjallashib qolib, rashk oqibatida, qasddan o‘ldirish maqsadida turmush o‘rtog‘i M.Q. uxlash uchun yotoqxonasiga kirib, uyquga ketgan vaqtda, yotoqxonaga kirib, oshxona pichog‘i bilan uning ko‘krak qafasiga va tanasining boshqa joylariga bir necha marta qasddan urgan.

Marhum yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, u Xo‘jayli tumanidagi kasalxonaga soat 24:00 atrofida olib kelingan vaqtda ham hali tirik bo‘lgan. M.Q. tanasining 19 joyiga o‘tkir tig‘li pichoq bilan zarba berilgan. Shifokorlarning harakatlariga qaramasdan M.Q. tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida olinib, marhum M.Q.ning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Mazkur holat yuzasidan shu yilning 12 avgust kuni Xo‘jayli tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro A.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida ushlandi.

Jinoyat ishining tergovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ma’lumot uchun, A.Q. va M.Qning ikki nafar, 4 yashar va 1 yosh-u 4 oylik qiz farzandlari bor, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 52
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 22
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 71
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 72
  • So'nggi yangiliklar
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 10
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 8
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 57
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 52
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 22
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 18
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 71
  • Bo‘limlar