Telegramda «Kun.uz» xodimlariga tashlangan Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov ishtirokidagi yangi video tarqaldi.
Bloger @nurbekalimov’ning kanalida e’lon qilingan videoyozuv, ta’kidlanishicha, 2019 yilning 16 iyul kuni, Sergeli tumanidagi uylarni buzish vaqtida olingan.
«Ustalarga qarashyapti shekilli, deb o‘ylasam, yo‘q — uy egasini uyidan majbur ko‘tarib olib chiqib ketishga yordamlashayotgan ekan (qahramonimiz ko‘k-oq kepkada)», — deb yozadi Alimov.
Avvalroq hokim o‘rinbosari Vahobovning «Kun.uz» xodimlariga tashlanishi holati yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tekshirish olib borilayotgani, holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingani haqida xabar berilgan edi.