“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:22
ЎЗO‘Z

Haddimizni bilaylik

22 avg, 09:12 6 000 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Haddimizni bilaylik Har bir kishining o‘z sohasi bor. O‘sha soha doirasida xizmat qilsa, avvalo o‘ziga foydali bo‘ladi. Qolaversa, boshqalar uchun ham eng kerakli va manfaatli mutaxassis bo‘ladi. Ammo o‘z doirasidan chiqsa, mutaxassislik chegarasidan chiqsa, haddini bilmasa, avvalo o‘ziga qolaversa, atrofidagilarga zararli mutaxassisga aylanadi.

Bunga birgina misol: butun dunyoga mashhur Ahmad Didot (Ahmed Deedat) Islomni himoya qilish maqsadida munozaralar o‘tkazar edi. Bu uning mutaxassisligi bo‘lib, o‘z mutaxassisligi doirasidan tashqariga chiqmadi. Ummat undan juda ham katta ilmiy manfaat ko‘rdi. Biror marta mutaxassisligi bo‘lmagan fiqhiy va aqidaviy masalalarga aralashmadi.

Ahmad Didot hayotligidayoq mashhur bo‘lgan shogirdi Zokir Noik (Zakir Naik) ustozi vafot qilgach, o‘z mutaxassisligi qolib boshqa mavzularda fatvo berishga kirishib ketdi. Ba’zan hadislarni sahih-zaifga chiqaradigan muhaddislik qildi, ba’zan fatvolar berdi, ba’zan aqidaviy masalalarda hukmlar berdi. Oxir-oqibat ilmiy majlislari o‘z sohasi bo‘lmagan mavzulardan iborat bo‘lib qoldi. Vatandoshlari uchun foydali emas, balki zararli mutaxassis bo‘lib qoldi.

Uni tanigan olimlar unga ko‘p nasihat qildilar. Xatolarini o‘ziga yetkazdilar. Shunda ham qaytmadi. Xatolari shu darajada ko‘payib ketdiki, u haqida bir nechta kitoblar ham yozildi. Shayx Salmon Nadaviy bir uchrashuvda o‘ziga shunday degan edilar:

– Doktor Zokir, siz o‘z sohangizning yetuk mutaxassisi hisoblanasiz. Iltimos, boshqa mavzularga aralshmasdan o‘z sohangiz doirasida qoling. O‘z mutaxassisligingiz doirasida qolar ekansiz, sizni shaxsan o‘zim qo‘llab-quvvatlayman.

Bizning diyorda ham huddi shu holat kuzatilmoqda. Mutaxassisligi bo‘lmagan sohalarda ot choptirish odatiy holga aylanib qoldi. Achinarli tomoni, o‘z sohasi bo‘yicha ilmiy ish qilishni chetga surib qo‘yib, bexabar bo‘lgan mavzularida yozish-chizish asosiy mashg‘ala bo‘lib qoldi.

Dahriylik mutaxassisligi bo‘lganlar fatvo berishni boshlab yubordi. Sohasi jurnalist bo‘lganlar muhaddislikga o‘tib oldi. Tabobatdan bexabarlar esa mutlaq tabibligini e’lon qilib yubordi. Fikri aralash-quralash bo‘lib yotgan ba’zi shaxslar esa Islom mafkurasi haqida bong urishga odatlandi.

Koshki har birimiz haddimizni bilsak edi, o‘z sohamiz doirasida qolib xalqimiz va dinimizga xizmat qilsak edi... Koshki...

Shayxulislom Mustafo Sabriy rohimahullohdan so‘ralgan ekan:
– Musulmonlar qachon avalgidek g‘olib va aziz holatiga qaytadi?

Oltinga teng javobni bergan ekanlar:
– Qachonki hamma o‘z sohasida xizmat qilsa.

So‘zim do‘stlarim va ukalarim uchun og‘ir botishi mumkin. Lekin aytishga majburman. Yo‘qsa zimmamda qolib ketadi: o‘z sohangizda ijod qiling, xizmat qiling. Sohangiz bo‘lmagan mavzularga aralashmang. Xalqimiz va dinimiz uchun zararli mutaxassis bo‘lib qolishdan saqlaning.

Xalqimiz sizdan aynan siz bilgan mutaxassisligingiz bo‘yicha ilmiy ishlar kutadi. Dinimiz uchun o‘z sohangiz doirasida foydali bo‘la olishingiz mumkin. Aks holda dinimizga ham, xalqimizga ham zarar berib qo‘yishingiz mumkin. Shunday katta zarar berishingiz mumkinki, berayotgan zararingiz bardavom bo‘ladi hamda yoningizdagilarning qarsaklari jarangi ostida sizni ogohlantiradiganlar ovozi sizga eshitilmay qoladi. Shunda zararni foyda deb e’tiqod qilib qolishingiz mumkin. Bu esa eng xavflisidir. Keling, haddingizni biling va o‘sha haddingizdan oshib ketmang.
Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 44
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar