“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 22:36
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilanmoqda

16 avg, 18:15 8 298 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilanmoqda Foto: Google Images
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, 16 avgust kuni o‘tkazilgan fraksiya majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi doirasida ushbu masala ko‘rib chiqilib, ma’qullangan. Endi loyiha navbatdagi yalpi majlisda ko‘rib chiqiladi.

«Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyaning 1-moddasiga ko‘ra 18 yoshga to‘lmagan har qanday inson bola hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga 1992 yil 9 dekabrda qo‘shilgan. Biroq O‘zbekiston milliy qonunchiligida 18 yoshga yetmagan shaxsni nikoh tuzishga (turmushga chiqishiga) ruxsat berilishi haqidagi normaning mavjudligi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari va prinsiplariga muvofiq emas edi.

«Yuqoridagilarga asosan, Oila kodeksining 15-moddasi birinchi qismi bilan nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanmoqda. Amalda esa 17 yosh», — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, FHDYo organlari tomonidan 17 yoshda nikohi qayd etilgan xotin-qizlar soni 2016 yilda 4233 tani, 2017 yilda 4853 tani va 2018 yilda 5123 tani tashkil etgan.

Ta’kidlanishicha, qonunning qabul qilinishi xotin-qizlarni erta nikohini va erta tug‘rug‘ini oldini olishga xizmat qiladi. Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida xorijiy mamlakatlarda nikoh yoshini belgilanganligi holati ham o‘rganilgan. Jumladan, Rossiya, Armaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Ukraina, Moldova, Fransiya, Germaniya va Filippin Respublikasida nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 45
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 88
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 125
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 36
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 62
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 123
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 77
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 234
  • Bo‘limlar