“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:34
ЎЗO‘Z

AI-91 rusumli benzin birjada deyarli boshlang‘ich narxda sotildi

16 avg, 16:53 3 063 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AI-91 rusumli benzin birjada deyarli boshlang‘ich narxda sotildi 2019 yil 15 avgust kuni «O‘zRTXB» AJ birja savdolariga jami 720,0 tonna AI-91 rusumli avtomobil benzini quyildi. Jumladan, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ birja savdolariga 600,0 tonna, va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ 120,0 tonna AI-91 rusumli benzinini sotuv uchun qo‘yishdi. Sotuvchi tomonidan belgilanadigan AI-91 benzin uchun boshlang‘ich narx, uning bir tonna uchun 6 216,4 ming so‘mni tashkil etdi.

Kechagi kunda o‘tkazilgan birja savdolarining yakunlariga ko‘ra «O‘zRTXB» AJda 746,0 mln so‘mlik 120,0 tonna (savdoga qo‘yilgan hajmdan 16,7%) AI-91 rusumli benzin sotilgan. AI-91 rusumli benzinning 2019 yil 15 avgust uchun belgilangan birja kotirovkasi uning amaldagi boshlang‘ich narxidan deyarli oshmadi va benzinning bir tonna uchun 6216,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolari davomida AI-91 rusumli avtobenzinini sotib olish uchun buyurtmalar yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari va avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan kelib tushdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyundagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi” 633-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 15 avgustdan boshlab AI-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali belgilanadi.

Birja savdosi orqali sotilgan tovar resurslari uchun rasmiy birja kotirovkalari haftalik asosda belgilanadi va har dushanba kuni «O‘zRTXB» AJ saytida e’lon qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 194
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 53
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 67
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar