“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:42
ЎЗO‘Z

Allamjonov: «Ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratli izohlar ogohlantirishdan so‘ng ham o‘chirilmasa javobgarlik kelib chiqadi»

15 avg, 16:13 2 623 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Allamjonov: «Ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratli izohlar ogohlantirishdan so‘ng ham o‘chirilmasa javobgarlik kelib chiqadi» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov jurnalist va blogerlarni agentlikka taklif etib, ular bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.
Kun.uz mazkur uchrashuv yakunlari bo‘yicha Komil Allamjonovning fikrlari bilan qiziqdi.

«Kecha biz bayonotda esga olib o‘tgan qonun va uning moddalari bu — yangilik emas. Ular yillar davomida amal qilib kelmoqda. Biz faqatgina qonundan ayrim bandlarini o‘qib berdik. Bugungi tushunmovchilikdan kelib chiqib shuni aytamanki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, internet saytlar, shuningdek, turli platformalar va ijtimoiy tarmoqlarda post joylashtiruvchi blogerlar o‘z materiallari ostida qoldiriladigan sharh va izohlar uchun javobgar emaslar.

Ammo rasmiy bayonotda ta’kidlanganidek, agentlik va boshqa har qanday tashkilot yoki fuqaro biror nojo‘ya izohni o‘chirishni so‘rab, rasmiy ogohlantirish xati yuborsa va tahririyat yoki bloger ogohlantirish olgandan so‘ng ham izoh o‘chirilmasa — shundagina javobgarlik kelib chiqadi va masala hattoki sudda ko‘rilishi mumkin.

Shuning uchun barcha OAV vakillari hamda blogerlarimizdan bunday ogohlantirishlarni kutib o‘tirmasdan, ijtimoiy tarmoqlardagi egasi ma’lum, qalbaki yoki fitna qo‘zg‘ash uchun ataylab ochilgan anonim akkauntlardan bildirilayotgan haqoratli va tahqirlovchi izohlarni aniqlab, o‘zlari o‘chirib borishlari so‘raldi», — dedi K.Allamjonov Kun.uz muxbiriga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AOKA bosh direktori Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratli izohlar uchun javobgarlik borligi eslatib, rasmiy bayonot bilan chiqish qilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 0
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 42
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar