“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:54
ЎЗO‘Z

Prezident yer uchastkalarini xususiylashtirish haqidagi qonunni imzoladi

14 avg, 00:15 4 949 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident yer uchastkalarini xususiylashtirish haqidagi qonunni imzoladi Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 avgust kuni "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi qonunni imzolagan.

Qonunga ko‘ra, yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish;
- yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish.

O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar va O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin.

Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:
- xususiylashtirilmaydigan foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik ob’ektlar joylashgan yer uchastkalari;
- rejalashtirish sxemalari bo‘lmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari;
- tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari;
- o‘rmon va suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar);
- xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;
- erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari.

Qonunga muvofiq, ko‘chmas mulk ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish haqidagi ariza yer uchastkasi joylashgan tuman (shahar) hokimining nomiga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.

Mazkur ariza Yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tomonidan 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Komissiyaning xulosasi hokimning yer uchastkalarini xususiylashtirish yoki ularni xususiylashtirishni rad etish haqidagi tegishli qarorini qabul qilish uchun asos bo‘ladi.

Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish haqidagi qaror komissiyaning salbiy xulosasi tuzilgan kunda qabul qilinadi va ushbu qaror ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Xususiylashtirish to‘g‘risidagi qaror xususiylashtiriladigan yer uchastkasi uchun tegishli to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng 3 ish kuni ichida qabul qilinadi.

Qonun 2020 yil 1 martdan kuchga kiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar