“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:49
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston fuqarolarini "shilish" uchun chet elda eskirgan usullar qo‘llanmoqda

13 avg, 23:03 4 786 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston fuqarolarini "shilish" uchun chet elda eskirgan usullar qo‘llanmoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini internetda amalga oshirilayotgan firibgarliklardan ogoh bo‘lishga bot-bot chaqirayotganiga qaramay, soddaligi tufayli osonlikcha o‘ljaga aylanayotgan fuqarolar ko‘plab topilmoqda.

Joriy yilning iyul oyida Buxoro shahrida yashovchi bir qator fuqarolar aynan shunday firibgarlik holatiga duch kelishgan.

Buxoroda yashovchi fuqarolar: Salima, Sardor va Saida O‘zbekistondagi onlayn-savdoplatformasi bo‘lmish "Olx" saytida divan sotishlari to‘g‘risida e’lon joylashtirishadi.

E’lon saytda chiqqach, Rossiya Federatsiyasiga tegishli telefon raqamidan bir necha bor qo‘ng‘iroq bo‘ladi va o‘zini "Sergey" deb tanishtirgan noma’lum shaxs, ulardan divanlarni sotib olishni va’da qiladi. Mebellarning pullarini esa "Click-Bot" pul o‘tkazish tizimi orqali ularning nomidagi plastik kartochkalariga ko‘chirib berishini aytadi.

Shundan so‘ng noma’lum shaxs O‘zbekiston fuqarolari nomida bo‘lgan plastik kartochkalarning 16 va 5 ta raqamlardan iborat maxfiy kodlarini aldov yo‘li bilan so‘rab olib, uch fuqaroning plastik kartochkasidan umumiy miqdorda 4 million 398 ming so‘mni yechib olgan.

"Mazkur holat yuzasidan uchala shaxs ham Buxoro shahar IIO FMBga qilgan murojaatiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda", - deyilgan IIV xabarida.

O‘zbekiston IIV mamlakat fuqarolaridan "o‘zlari tanimagan, ko‘rmagan va bilmagan shaxslar bilan internet tarmoqlari orqali oldi-sotdi yoki qandaydir kelishuvlarni amalga oshirayotganda hamisha hushyor bo‘lishlarini" so‘raydi.

Shuni aytish joizki, firibgarlar O‘zbekistonda qo‘llayotgan bu sxema, chet elda keng tarqalgan internet-firib turlaridan biri - fishing sifatida mashhur. Fishing maqsadi - kishiga tegishli kredit yoki boshqa kartalarning PIN-kodi va boshqa ma’lumotlarni qo‘lga kiritishdan iborat. Hech qachon kartangiz raqami yoki PIN-kodini begonalarga bermang.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 87
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 163
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 152
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 275
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 21
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 58
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 215
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 162
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 59
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 224
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 70
  • Bo‘limlar