“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:04
ЎЗO‘Z

«Bizda bir so‘m pul bo‘lmasdi» - Shavkat Mirziyoyev hokim bo‘lgan vaqtlarini esladi

13 avg, 17:40 4 455 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bizda bir so‘m pul bo‘lmasdi» - Shavkat Mirziyoyev hokim bo‘lgan vaqtlarini esladi 12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish, ulardan samarali foydalanish, investitsiyalarni, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Selektor davomida prezident hokim bo‘lgan vaqtlarini esladi.

«Bizda 20 yil eksport yo‘q edi. Faqat gaz bilan paxta bor edi. Hozir biz yangi bosqichga ko‘tarilyapmiz. Biz raqobatga tayyor bo‘lishimiz kerak. Chegarani yopib qo‘yaverib qashshoq bo‘lib yuraverdik. Tanamizda qonimiz qolmadi. Biz eksportni rivojlantirishimiz kerak.

Eksportni kichik-kichik korxonalardan boshlash kerak. O‘sha kichiklar yig‘ilib katta bo‘ladi. Masalan ko‘katni 12 oy sotish mumkin (Qashqadaryo hokimi Zafar Ro‘ziyev rossiyalik investorlar ko‘kat eksport qilmoqchi ekanligi haqida gapirdi). Yerni undan unumli foydalanmoqchi bo‘layotganlarga berish kerak.

Mana, sizlarga mahalliylashtirish bo‘yicha ham yordamchi beryapmiz, pul beryapmiz. Men ham hokim bo‘lganman, bizda bir so‘m ham pul bo‘lmasdi», - deydi prezident.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2003 yil bosh vazir bo‘lishidan avval ikki yil Samarqand viloyat hokimi bo‘lib ishlagan. Mirziyoyev Samarqanddan oldin Jizzax viloyati va Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ham hokim bo‘lib ishlagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 47
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 43
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 126
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 158
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar