“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:27
ЎЗO‘Z

Andijondagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida 2 ta Damas yonib ketdi

12 avg, 19:57 3 389 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijondagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida 2 ta Damas yonib ketdi Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
Andijonda gaz to‘ldirayotgan 2 ta Damas avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

12 avgust kuni soat 12:40 da Andijon viloyati Ulug‘nor tumani «Sariqsuv» MFY hududida joylashgan «Viktoriya gaz servis» MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining 6-kolonkasida gaz to‘ldirayotgan 2 ta avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 12:50 da yetib borgan va yong‘in soat 12:52 da qurshab olinib, soat 13:00 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘inning keng maydonga tarqalib ketishi oldi olingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida AGTKShning 6-kolonkasida gaz to‘ldirayotgan fuqaro X.X.ga tegishli Damas rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lib, alanga uning orqasida navbatda turgan fuqaro J.G‘.ga tegishli Damas rusumli avtomobiliga ham o‘tgan. Natijada ikkala avtomobil to‘liq yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 75
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 44
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 72
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar