“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:11
ЎЗO‘Z

Qonunchilik palatasi: IIVning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur ijrosi qoniqarli emas

10 avg, 12:53 3 011 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qonunchilik palatasi: IIVning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur ijrosi qoniqarli emas Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri davlat organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy dasturlarning bajarilishi ustidan kuchli parlament nazoratini amalga oshirishdir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan 2019 yil 9 avgustda o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida Ichki ishlar vazirligining 2019 yilning I choragida faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishni baholashning asosiy mezonlarida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki dasturining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Parlament saytida yozilishicha, tanqidiy-tahliliy muhokama etilgan axborotda Ichki ishlar vazirligi tomonidan joriy yilning I choragida faoliyat samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishni baholashning asosiy mezonlarida ko‘rsatilgan maqsadli vazifalarning bajarilishi holati, xususan, respublikada o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olish borasida qilinayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi.

Biroq eshituv chog‘ida vazirlikning jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda 2019–2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari qoniqarli emasligi, bu borada belgilangan vazifalar to‘laqonli bajarilmayotgani qayd etib o‘tildi.

Bundan tashqari, vazirlik tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalarining sifatini oshirish masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tilar ekan, loyihalar aksariyat hollarda deputatlar tomonidan qariyb 70 foizgacha o‘zgartirilib, qayta ishlanayotgani, korrupsiya elementlari mavjud normalardan xalos qilinayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligiga ayni masalalar yuzasidan faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator tavsiyalar berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 230
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar