“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 00:07
ЎЗO‘Z

Energetika vazirligi yangi hisoblagichlar nima uchun “oshirib hisoblayotgani”ni tushuntirdi

09 avg, 22:44 8 232 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Energetika vazirligi yangi hisoblagichlar nima uchun “oshirib hisoblayotgani”ni tushuntirdi 9 avgust, juma kuni O‘zbekiston Energetika vazirligida yangi elektr hisoblagichlar bo‘yicha e’tirozlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev hamda tizimdagi boshqa rahbar xodimlar ishtirok etdi hamda OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berdi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.
Aholining yangi o‘rnatilgan elektr hisoblagichlar bo‘yicha e’tirozlarini men bir necha guruhga bo‘lib tasniflagan bo‘lardim.

Birinchidan, bu elektr hisoblagichni o‘rnatuvchiga bo‘lgan e’tirozlar. Hozirda eng ko‘p e’tirozlar aynan elektr hisoblagichni o‘rnatish yuzasidan bo‘lmoqda. Tan olish kerakki, hisoblagich har doim ham sifatli o‘rnatilmaydi. Bu borada ma’lum muammolar bor va biz buni tan olamiz.

Ikkinchi guruh bu yangi o‘rnatilgan elektr hisoblagich noto‘g‘ri ishlayapti, deb hisoblaydigan fuqarolar e’tirozlari. Fuqarolarning fikricha, elektr hisoblagichdagi ko‘rsatkich real iste’moldagi ko‘rsatkichni bir necha marotaba ko‘paytirib ko‘satmoqda.

Ma’lumki, mahsulotni sertifikatsiyalash degan tizim mavjud. Hisoblash uskunalarini oldindan tanlab olingan ma’lum tajribani o‘rganmasdan sertifikatlab bo‘lmaydi. Har bir hisoblash uskunasi metrologik instansiyadan o‘tishi kerak. Har bir o‘lchagich stendga o‘rnatilib, sinovdan o‘tkaziladi. Agar u aniqlik bilan ishlayotgani tasdiqlansa, u sinovdan o‘tgan, deb topiladi. Agar u sinovdan o‘ta olmasa, bu zavod kamchiligi deb topiladi hamda ushbu uskuna muhandis va texnologlar tomonidan qayta ishlanadi.

Elektr hisoblagichlar elektrni noto‘g‘ri hisoblayotgani yuzasidan bo‘layotgan e’tirozlar qayerdan kelib chiqyapti? Agar ushbu iste’molchi yangi elektr hisoblagich o‘rnatilguniga qadar qandaydir noqonuniy yo‘llar bilan elektrdan foydalangan bo‘lsa yangi hisoblagich uni ham hisoblay boshlagan.

Yangi o‘rnatilgan hisoblagichlarga dastur o‘rnatib, u noqonuniy yo‘l bilan ulanishni sezganida elektrni o‘chirib qo‘yadigan qilsak bo‘lardi. Bizning xorijiy hamkorlarimiz aynan shunday tajribani taklif etishgandi. Lekin biz bunday qilmadik. Hisoblagich iste’molchining noqonuniy tarzda tarmoqqa ulanganini aniqlasa, o‘chib qolmaydi, ishlashda davom etadi. Biroq, noqonuniy tarzda foydalanishni ham tegishli tartibda qayd etadi. Shuningdek, asosiy tizimni ham ma’lum bir xonadonda avval ko‘zda tutilmagan elektr iste’moli mavjudligidan xabardor etadi. Elektr energiyasidan o‘g‘rincha foydalanishning bir necha o‘nlab turlari mavjud. Bu hech kimga sir emas. Tabiiyki, biz elektr energiyasidan o‘g‘rincha foydalanishning barcha turlariga barham berishga harakat qilmoqdamiz.

«Aniqlik sinfi», «sezgirlik darajasi» degan tushunchalar bor. Eski elektr hisoblagichlar o‘rta hisobda 30 yillab xizmat ko‘rsatgan, uning ichki mexanizmlari eskirgan hamda elektr iste’molini to‘g‘ri hisoblamagan. Shuning uchun, tabiiyki yangi turdagi elektr hisoblagichlarga o‘tilganidan so‘ng ular xonadonda mavjud barcha elektr iste’molini hisoblay boshlagan. Eski hisoblagichlar bu miqdorni qayd etmagan.

Sherzod Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, iste’molchilarning murojaatlarini qabul qilish uchun yaqin orada tizimda Call-markaz ishga tushiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 142
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 49
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 8
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 24
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 16
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 200
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 47
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 87
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 214
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 142
  • Bo‘limlar