“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:57
ЎЗO‘Z

«Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

08 avg, 16:34 3 725 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi Bugun, 8 avgust kuni mulla Abdulg‘ani Bardar boshchiligidagi «Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Bu haqda «Tolibon»ning Dohadagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Suhayl Shaxin ma’lum qildi.

«Bugun mulla Abdulg‘ani Baradar boshchiligidagi siyosiy delegatsiya O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiya aeroportda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev tomonidan iliq kutib olindi», - deb yozadi Shaxin ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, payshanba kuni «Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonning yuqori martabali mulozimlari bilan uchrashadi.
«Muzokaralar jarayoni bo‘yicha texnik guruhlar tinimsiz ishlayapti. Biz kelajak to‘xtamasligi, hamda hech kim Afg‘onistonga aralashmasligiga harakat qilmoqdamiz», - deyiladi xabarda.

«Tolibon» delegatsiyasi vakillari bilan O‘zbekiston ichki ishlar vaziri uchrashishi, ular o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun: «Tolibon» delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida Tashqi ishlar vazirligi hozircha hech qanday rasmiy xabar bermadi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi ham bu mavzuda sukut saqlamoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar