Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining oltinchi kuni (3 avgust) natijalari e’lon qilindi.
DTM xabariga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:
Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:Toshkent moliya institutining 5230600 – Moliya ta’lim yo‘nalishi – 187,9 ball;
Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:Toshkent moliya institutining 5230900 – Buxgalteriya ta’lim yo‘nalishi – 167,8 ball;
Kechki ta’lim shakli bo‘yicha:Toshkent davlat pedagogika universitetining 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi ta’lim yo‘nalishi – 132,2 ball.
Test sinovlari natijalarini shaxsiy kabinet, ya’ni cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent IDsini kiritgan holda ko‘rish mumkin.