“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:27
ЎЗO‘Z

Kuchishlatar tuzilmalar isyonlarni bostirishni mashq qilishmoqda (video)

05 avg, 06:35 3 253 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kuchishlatar tuzilmalar isyonlarni bostirishni mashq qilishmoqda (video) 1-3 avgust kunlari Respublika miqyosida birinchi marotaba Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i rahbarligida Kuchishlatar tuzilmalarning hamkorlikdagi amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi.

Unda barcha viloyatlardagi Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Katta masshtabdagi o‘quv mashg‘ulotlari dastlab videoselektor tarzida o‘tkazildi. Shundan so‘ng, har bir harbiy okrug kesimida Kuch tuzilmalarning hamkorlikdagi amaliy mashg‘ulotlariga start berildi.

Markaziy harbiy okrugning Navoiy, Samarqand hamda Jizzax gornizonlarida “Zarba”, “To‘lqin” hamda “Qalqon” operatsiyalari o‘tkazildi.

“Zarba” operatsiyasida DXX tezkor guruhi tomonidan qurolli shaxslar boshqaruvidagi mashina aniqlanib, Mudofaa, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya tarkibidan tuzilgan yig‘ma maxsus otryad hamkorligida qo‘lga olindi.

Samarqand shahridagi “To‘lqin” va “Qalqon” operatsiyalariga Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari polkovnik Qahramon Achilov boshchilik qildi. Uchinchi kuchlar “targ‘iboti” asosida yig‘ilgan namoyishchilar qisqa fursatda tarqatildi.

Samarqand shahri Ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi tomonidan “Qalqon” operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Shahar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, blokpostlar o‘rnatildi. Shubhali ko‘ringan shaxslar mukammal tekshirilishi uchun Vaziyatlarni o‘rganish markaziga yuborildi.
[media=https://youtu.be/0YCV9Xj09Q8]




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar