“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:57
ЎЗO‘Z

Jasliqdagi mahkumlar bilan endi nima bo‘lishi ochiqlandi

03 avg, 15:18 4 577 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jasliqdagi mahkumlar bilan endi nima bo‘lishi ochiqlandi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani, Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi tugatildi.

19-son JIEKning binolari, inshootlari va mavjud mol-mulklarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Nukus shahrida joylashgan 2-son tergov hibsxonasi balansiga o‘tkazib berish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berildi.

19-son JIEK xodimlari va harbiy xizmatchilarining egallab turgan lavozimi bo‘yicha pul ta’minoti va ijtimoiy imtiyozlari mazkur qarorga muvofiq tashkiliy-shtat o‘zgarishlariga asosan ularning lavozimga qayta tayinlanishi, kontraktining tugatilishi yoki pensiyaga chiqishiga qadar saqlab qolinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

bir hafta muddatda mazkur qarorga muvofiq tugatish komissiyasini tashkil etadi va 19-son JIEKni tugatish bo‘yicha belgilangan tartibda kompleks tashkiliy-huquqiy choralarni amalga oshiradi;

bir oy muddatda 19-son JIEK mahkumlarini sud tomonidan belgilangan tartib turiga muvofiq ravishda ichki ishlar organlarining boshqa jazoni ijro etish koloniyalariga yuborilishini tashkil etadi;

mahkumlarni yangi ozodlikdan mahrum etish joylariga ko‘chirish vaqtida 19-son JIEK shaxsiy tarkibi o‘rtasida yuqori jangovar shaylikni va xizmat intizomiga rioya etilishini ta’minlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 31
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 168
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar