“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 20:57
ЎЗO‘Z

Saida Mirziyoyeva: «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunga blogerlar haqidagi moddalar qo‘shish taklif etilmoqda

03 avg, 10:46 3 088 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saida Mirziyoyeva: «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunga blogerlar haqidagi moddalar qo‘shish taklif etilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining Instagram sahifasida jurnalistlarning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik hamda blogerlarga jurnalistlar kabi huquqlar berish masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida post joyladi.

«Bugungi kunda biz tomondan mamlakatimiz OAV va blogerlarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq normalar ishlab chiqilmoqda.
Jumladan, qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda:

- Jurnalistning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, uning so‘rovi asosida axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etishda ifodalangan tarzda to‘sqinlik qilish, shuningdek, jurnalistga bosim o‘tkazish, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik kiritish;
- Blogerlarga jurnalistlar kabi huquqlar berish.

Shu munosabat bilan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ymoqchimiz. Unda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar taklif etilgan.

Ushbu loyiha bo‘yicha har qanday taklif va mulohazalaringizni kutib qolamiz. Ular hujjat loyihasini takomillashtirish jarayonida o‘rganib chiqiladi va inobatga olinadi.

Taklif, g‘oya va tavsiyalaringiz uchun avvaldan minnatdorlik bildiraman.
Qonun loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin», deb yozadi S.Mirziyoyeva.

Qayd etib o‘tish kerakki, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunga kiritish uchun muhokamaga tashlangan o‘zgartishlarda blogerlar jurnalistlarga xos bo‘lgan huquqlardan foydalanishi, shuningdek, jurnalistlarga zarur axborotni taqdim etmagan, ularning profesional faoliyatiga to‘sqinlik qilgan va aralashgan, ularga bosim o‘tkazgan fuqarolar va mansabdor shaxslarga nisbatan jarima jazosini kiritish nazarda tutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 59
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 32
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 557
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 50
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 23
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 83
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 61
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 99
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 29
  • Bo‘limlar