“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:02
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanadi

03 avg, 11:13 2 902 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanadi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi 560-II-sonli Qonuniga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin:

2-moddaning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

bloger — xabar va materiallarni to‘plash, tahlil qilish, tahrirlash, tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi hamda ularni axborotdan foydalanuvchilar tomonidan, shu jumladan, muhokama qilishi uchun Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaxs.

12-1-modda («Erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish») quyidagi bandlar bilan to‘ldiriladi:

Bloger o‘z faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
- ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, tahrirlash, tayyorlash va tarqatish;
- axborotni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash va tarqatish;
- axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish;
- davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish;
- jurnalist surishtiruvi o‘tkazish;
- o‘zi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali imzosini yoki taxallusini qo‘yib tarqatish, ularda o‘z fikr-mulohazasini ifodalash;
- davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida ishtirok etish;
- faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida bo‘lish;
- ma’lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish;
- sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir bo‘lish;
- e’lon qilishga tayyorlangan ma’lumotlarni tekshirish uchun mutaxassislarga murojaat qilish;
- axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilish;
- bloger taqdim etgan xabarning mazmuni jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan buzib e’lon qilish oqibatida, o‘ziga yetkazilgan ma’naviy zarar va moddiy ziyon qoplanishini sud orqali talab qilish.

Bloger qonun hujjatlari bilan jurnalistlarga berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi mazmundagi 197-5-modda kiritiladi:

197-5-modda. Jurnalistning qonuniy professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish.

Jurnalistning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, uning so‘roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etishda ifodalangan tarzda to‘sqinlik qilish, shuningdek, jurnalistga tazyiq o‘tkazish, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 111
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 215
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 54
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 68
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar