“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:56
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev «ruxsat beruvchi» idoralar sonini qisqartirish kerakligini aytdi

02 avg, 21:46 2 891 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev «ruxsat beruvchi» idoralar sonini qisqartirish kerakligini aytdi Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu tadbir joriy yil 23 iyul kuni o‘tgan yig‘ilishning mantiqiy davomi bo‘ldi. O‘shanda sohadagi tizimli muammolar chuqur muhokama qilinib, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan edi. Bu galgi yig‘ilishda shu boradagi ishlar qanday tashkil etilayotgani yuzasidan mutasaddi vazirlik va tashkilot, hududlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Ular tadbirkorlar tashabbuslarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolarni respublika idoralari aralashuvisiz, joyida hal qilish mumkinligini ta’kidladi.

Masalan, yer ajratish hamda infratuzilmaga ulanish bilan bog‘liq masalalar hal etilsa, tadbirkorlarning aksariyat muammosi yechiladi. Lekin yer ajratish uchun xulosa beradigan sakkizta idora tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari asossiz ravishda, oylab cho‘zib yuborilmoqda.

Prezident mazkur tashkilotlarning ruxsat berishga oid funksiyasini muvofiqlashtirish, ulardagi ma’lumotlar bazasini integratsiyalash orqali bunday «ruxsat beruvchi» idoralar sonini qisqartirish, bu boradagi tartibni takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yirik korxonalarning bo‘sh turgan ob’ektlari negizida qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish, ularni elektr, suv, gaz, yo‘l va aloqa kommunikatsiyalari bilan ta’minlashga ketadigan xarajatlarning 65 foizini respublika byudjetidan qoplash tartibini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 194
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 53
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 67
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar