“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:55
ЎЗO‘Z

AI-91 rusumli benzin bozor narxlarida baholanadi. Uni kimlar sotib oladi?

02 avg, 12:40 3 472 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AI-91 rusumli benzin bozor narxlarida baholanadi. Uni kimlar sotib oladi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyundagi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi» 633-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 15 avgustdan boshlab Ai-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali belgilanadi.

«O‘zRTXB» AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari Ai-91 rusumli benzinni sotib olish uchun ochiq birja savdolarida ishtirok etishadi. Birja savdolarida narx bozor qoidalari asosida, talab va taklifdan kelib chiqqan holda erkin o‘rnatiladi.

«O‘zRTXB» AJ birja bozorida Ai-91 benzinini sotib oluvchilari qatoriga avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan tashqari, benzinni o‘z ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub'yektlari ham kiradi. Neftni qayta ishlash zavodlari birja savdolarida benzin sotuvchilari sifatida qatnashadi.

2019 yil 7 oy davomida «O‘zRTXB» AJning birja savdolari orqali 18,1 mlrd so‘mlik 2,9 ming tonna Ai-91 rusumli benzin sotilgan. Ai-91 benzini asosiy sotuvchi-korxonalarining boshlang‘ich qiymati benzinning bir tonnasi uchun 5828,5 ming so‘mni, o‘rtacha narxlari esa bir tonnasi uchun 6235,8 ming so‘mni tashkil etdi. Xaridorlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi munosabati bilan Ai-91 rusumli benzinining birja savdolariga qo‘yilish hajmlarini ko‘paytirilishi kutilmoqda.

Birja savdosi orqali sotilgan tovar resurclari uchun birja kotirovkalari haftalik asosda belgilanadi va har dushanba kuni soat 17:00 gacha «O‘zRTXB» AJ saytida e'lon qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar