“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:00
ЎЗO‘Z

Yakkabog‘ tumaniga ham yangi hokim tayinlandi (foto)

01 avg, 09:45 4 958 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yakkabog‘ tumaniga ham yangi hokim tayinlandi (foto) 31 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Xalk deputatlari Yakkabog‘ tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Tuman axborot xizmati rahbari Bozor Azizovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan Safarov Abdirasul Eshtemirovich Yakkabog‘ tuman hokimi etib tasdiqlangan.

Sessiya ishida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirok etib, nutq so‘zlagan.

Safarov Abdirasul Eshtemirovich 1965 yil 15 fevralda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, 23 iyul kuni Kun.uz saytida «Kun.uz surishtiruvi: Yakkabog‘da tadbirkor hokim o‘rinbosarini yoqib yubormoqchi bo‘ldi. Sabab nimada?» sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. Unda Yakkabog‘ tumani hokimining o‘rinbosari M.Tuymayevni tumandagi tadbirkorlardan biri Bahriddin Isomov, katta kredit evaziga yangi qurilgan ikki qavatli binosini buzmoqchi bo‘lgani bois, benzin sepib qasddan yoqib yuborishga uringani, tadbirkor mahallasida ko‘plab uylar aholiga kompensatsiya to‘lanmasdan buzilgani xabar qilingan edi.

Keyinchalik, Bahriddin Isomov ushlanib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tuman hokimi o‘rinbosari M.Tuymayev ham egallab turgan lavozimidan bo‘shatilib, unga nisbatan ham JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilgan edi.

Buning ortidan Xorazmning Urganch shahrida ham uylari buzilgan aholining kompensatsiya ololmay 2 oydan beri sarson-sargardon yashab kelayotgan qismi viloyat hokimligiga keskin noroziligini bildirdi. Bosh vazir Abdulla Aripov prezident Mirziyoyev topshirig‘i bilan Urganchga bordi va kompensatsiya masalasini joyida hal qildi. Yakkabog‘dagi tovon puli olmagan fuqarolarga ham 1 mlrd 700 mln so‘m berildi.

Bosh vazir Xorazmda o‘tkazgan videoselektor majlisida Qashqadaryo va Xorazm viloyat hokimlariga hayfsan berib, Yakkabog‘ tuman hokimi va prokurorini vazifasidan ozod qilgan edi.

Prezident Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida kompensatsiya to‘lamasdan biror tadbirkor va fuqaro mulki buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha darajadagi hokimlarni keskin ogohlantirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 31
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 168
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar