“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:06
ЎЗO‘Z

Yakkabog‘ tumani hokimi ishdan olindi, Tuymayevga nisbatan jinoyat ishi ochildi

27 iyul, 21:15 4 198 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yakkabog‘ tumani hokimi ishdan olindi, Tuymayevga nisbatan jinoyat ishi ochildi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi Shomurod Xolboyevich Donayev lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xabariga ko‘ra, Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida snos masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Yakkabog‘ tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mansur Tuymayev tadbirkor Bahriddin Isomovga tegishli ikki qavatli savdo va maishiy xizmat uyini noqonuniy ravishda buzishga bo‘lgan xatti-harakati o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish xulosalariga ko‘ra, tuman hokimi Shomurod Donayev hamda prokurori Jamshid Xalilov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mansur Tuymayev Xurramovich o‘z vakolatiga kirmaydigan xatti-harakatlarni amalga oshirgani sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayev tadbirkor Bahriddin Isomovga tegishli binoni ekskavator ruliga o‘tirib, o‘zi buzmoqchi bo‘lganida, tadbirkor uning ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan edi.

Saytimizda avvalroq Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Eski Yakkabog‘ qo‘rg‘onchasida «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va noturarjoy imoratlarining buzilishi va unga tadbirkorlar tomonidan bo‘layotgan keskin norozilik bo‘yicha surishtiruv va tahliliy maqolalar e’lon qilingan edi.

Bugun, 27 iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev bo‘layotgan voqealar bilan yaqindan tanishish va mavjud muammolarni hal etish maqsadida Yakkabog‘ tumaniga kelib, «Eski Yakkabog‘» qo‘rg‘onchasiga tashrif buyurgan va bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashgan, ularning muammo va murojaatlarini tinglagan, yakunda tadbirkorning do‘koni buzilmaydigan, moddiy zarar qoplanadigan bo‘lgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 44
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 185
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 374
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar