“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 22:25
ЎЗO‘Z

IIBB: MIB bilan hamkorlikda jarimani belgilangan muddatda to‘lamagan haydovchilar aniqlanmoqda

23 iyul, 21:00 3 422 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIBB: MIB bilan hamkorlikda jarimani belgilangan muddatda to‘lamagan haydovchilar aniqlanmoqda Joriy yilning 22 iyul kunidan boshlab Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosi vakillari bilan hamkorlikda YHQni buzib, jarimani belgilangan muddatda to‘lamagan haydovchilarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazishni boshlashdi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq (“Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi”), yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi ushlab turiladi. Qancha muddatga? Jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar. Bu haqda jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari yozma ko‘rsatma beradi.

Shuningdek ma’lum qilinishicha, Toshkent hududida qarzdorlarni avtomatik tarzda aniqlovchi 20 ta “Avtokon” komplekslari ishlamoqda. Shu bilan birga, shaharga kirish/chiqish YPX postlarida ham. Shu munosabat bilan YHQ buzilganlik uchun solingan jarimani o‘z vaqtida to‘lash so‘ralgan.

Qayd etilishicha, vaqtida to‘lanmagan jarima bo‘lsa va siz oilangiz bilan shahar tashqarisiga dam olish uchun ketayotgan bo‘lsangiz, sizni to‘xtatib, avtomobilingizni jarima maydonchasiga joylashtirishadi. YHQni buzganlik uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lash tushunmovchilik va kayfiyat buzilishini oldini oladi, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 119
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 20
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 28
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 131
  • Bo‘limlar