“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:27
ЎЗO‘Z

Qonunbuzarlarning qilmishi oshkor bo‘ldi

22 iyul, 19:45 2 769 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qonunbuzarlarning qilmishi oshkor bo‘ldi Amaldagi tartiblarga ko‘ra, respublikamizga chegara-bojxona postlari orqali chetdan olib kirilgan tovarlarni import bojxona rejimiga rasmiylashtirish tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida amalga oshiriladi.

Bunda avtotransport haydovchisiga yuk mashinasiga ortilgan yuklarni belgilangan tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga yetkazish majburiyati yuklanadi.
Ammo, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan bojxona qonunchiligi buzilishi holatida haydovchi o‘ziga yuklangan majburiyatni bajarmagani fosh bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasining “Yallama” chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan xususiy korxonalardan birining nomiga kirib kelgan va 10 ming shisha pivo ortilgan yuk avtoransport vositasini belgilangan tartibda ko‘zdan kechirgan bojxonachilar uni “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga yo‘naltirishdi.

Ammo, belgilangan 1 kun muddat o‘tganiga qaramay, avtoransport vositasining “Ark buloq” bojxona postiga kelavermagani sababli, zudlik bilan tezkor tadbir belgilanib, mazkur yuk avtomashinasiga ortilgan 5 ming litr pivoni haydovchi xususiy korxona rahbari ko‘rsatmasiga asosan xususiy omborlardan biriga tushirganligi fosh etildi.

Tekshiruv jarayonida qonunbuzarlar vakolatli organlarning tegishli ruxsatnoma va sertifikatlarini olmasdan turib, ushbu ichimliklarni sotib yuborishgani va bu jarayonda 184 mln. 571 ming so‘m bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashgani ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 113
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 46
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar