“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:35
ЎЗO‘Z

Bosh vazir o‘rinbosari: "Tarixda Xiva xonligi degan davlat bo‘lmagan"

22 iyul, 18:53 5 818 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh vazir o‘rinbosari: "Tarixda Xiva xonligi degan davlat bo‘lmagan" «Yo‘qotilgan Aleksandriya. Amudaryo qirg‘og‘idagi Iskandar Maqduniy qal’asi» ilmiy konferensiyasida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ishtirok etdi. Mutasaddi tadbir davomida tariximizni yoritishdagi muammolarga to‘xtalib o‘tgan. Bu haqda Xabar.uz nashri ma’lumot berdi.

— Afsuski hali tariximizning ochilmagan qirralari talaygina. Aytaylik, Kushon davlati tarixini o‘rganish orqali ham yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan ko‘p jihatlarni ko‘rishimiz mumkin.

Oddiy misol — biz Xiva xonligi, deb ataydigan davlatga kelsak. Tarixda bunday davlat bo‘lmagan. Ha, poytaxti Xivada bo‘lgan, ammo davlat Xorazm, deb atalgan. Xohlasangiz hozirning o‘zida vikipediyadagi sahifasini ochib ko‘rsatishim mumkin. Qiziqsangiz, o‘zingiz o‘qib ko‘ring.

Xiva xonligi, degan atama chor Rossiyasi istilosidan so‘ng kirib keldi. Rus tarixchilari «Xiva xonligi», deb nomladi va bu atama hamon qo‘llanib kelinmoqda. Vaholanki, tarixiy hujjatlarda bu davlat Xorazm, deb atalgan.

Hozir xalqimiz gazeta kam o‘qiyapti, hatto televideniye ham avvalgidek o‘rin egallamayapti. Asosiy e’tibor internetga, ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlarga qaratilgan. Shunday ekan, bloger va internet-jurnalistlardan tariximizni yoritishda faolroq bo‘lishlarini so‘ragan bo‘lardim, — deydi Aziz Abduhakimov.

Ma’lumot uchun: 1511 yilda shayboniylardan bo‘lgan Elbarsxon Xorazm hukmdori, deb tan olingan. Dastlab Xorazm davlatining poytaxti Urganch (qadimgi nomi Gurganj) shahrida bo‘lgan. 1598 yilda Amudaryo o‘zanini o‘zgartirishi natijasida ko‘hna Urganch suvsiz qoladi va poytaxt Xiva shahriga ko‘chiriladi.

Elbarsxon asos solgan davlat XVII asr o‘rtalariga qadar mavjud bo‘lgan. 1770 yilda Xorazmda hokimiyat qo‘ng‘irotlar sulolasiga o‘tadi. 1873 yilda chor Rossiyasi istilosi natijasida Xorazm vassal davlatga aylangan. Shu vaqtdan e’tiboran Xiva xonligi atamasi paydo bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 3
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 150
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar