“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:17
ЎЗO‘Z

383 ta kollej binosi maktablarga beriladi

22 iyul, 18:27 3 331 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
383 ta kollej binosi maktablarga beriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 15 iyulda uzluksiz professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisda bergan topshirig‘iga ko‘ra, respublikada mavjud 1469 ta kasb-hunar kollejlarining 383 ta binosi maktablarga beriladi.

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada 2019-2020 o‘quv yilida maktab o‘quvchilari uchun qo‘shimcha 224 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rinlari yaratiladi.

Kollejlarni maktablarga aylantirishni samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining topshirig‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi boshchiligida respublikaning har bir hududida ishchi guruhlar tuzilgan.

Ishchi guruhlariga:

kasb-hunar kollejlarining bino va inshootlarini tegishli hududi, mebel va o‘quv-laboratoriya jihozlari, sport inventarlari bilan birgalikda xalq ta’limi tizimi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha belgilangan tartibda topshirish - qabul qilish ishlarini amalga oshirish;

ta’lim tizimidan boshqa sohalarga berilgan kasb-hunar kollejlarining mebel, o‘quv-laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalarini inventarizatsiya qilish va yaroqli deb topilganlarini umumta’lim maktablari balansiga o‘tkazish;

2019 yil 10 avgustga qadar xalq ta’limi tizimiga o‘tkazilgan kasb-hunar kollejlari binolaridan samarali foydalanish, navbatlilik koeffitsiyenti 2 va undan yuqori bo‘lgan maktablarga qo‘shimcha bino sifatida berish hamda ehtiyoj mavjud bo‘lgan hududlarda yangi maktablar sifatida qayta tashkil etish choralarini ko‘rish;

xalq ta’limi tizimi tasarrufiga o‘tkazilgan ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash vazifalari yuklangan.

Topshirilgan vazifani o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish maqsadida Xalq ta’limi vazirligida shtab va hududiy ishchi guruhlari ham tuzilgan.

Xalq ta’limi vazirligi bino va inshootlardan samarali foydalanishni tashkil etish, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, o‘quvchilarni yangi maktablar va o‘quv binolariga o‘tkazish jarayonida umumta’lim maktablarining Kuzatuv kengashlari va jamoatchilikning faol ishtirok etishiga ishonadi, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 193
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 796
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar