Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Anvarov lavozimidan ozod etildi. U 2018 yil 27 iyun kuni shu ishga o‘tgandi.
Uning o‘rniga adliya katta maslahatchisi Saydulla Elmurodov boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi bo‘ldi. S.Elmurodov bunga qadar Toshkent viloyat prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.