“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:51
ЎЗO‘Z

Vazir izoh berdi: Isitish tizimi uchun to‘lovlar nega yil bo‘yi amalga oshiriladi?

16 iyul, 22:50 3 098 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vazir izoh berdi: Isitish tizimi uchun to‘lovlar nega yil bo‘yi amalga oshiriladi? 16 iyul kuni «Hududlarda uy-joy kommunal soha infratuzilmasini rivojlantirish muammolari» mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Saliyev isitish tizimi uchun to‘lovlar nima uchun yil bo‘yi amalga oshirilishi haqidagi savolga javob qaytargan.

«Bugungi kunda respublikadagi 34 ming 500ta ko‘p qavatli uylarning 60 foizi loyiha bo‘yicha markazlashgan issiqlik tizimiga ega bo‘lgan xonadonlar. Real holatda ana shu markazlashgan tizimning bor-yo‘g‘i 20 foizi ishlayapti. Issiqlik tizimi eski loyihalar bo‘yicha amalga oshirilgan, ochiq tizimda ishlaydi. Issiqlik ishlab chiqarish uchun toza ichimlik suvi, elektro energiya va gaz xarajatlari yuqori.

Agar bu xarajatlar uch oyga bo‘lib yuborilsa, aholiga isitish tizimi uchun to‘lovni amalga oshirish qiyin bo‘lib qoladi. Shuning uchun isitish tizimi o‘n ikki oyga bo‘lib yuborilgan va to‘lovlar yil davomida amalga oshiriladi», dedi vazir.

Issiqlik ta’minoti tashkilotlari tasarrufida jami 709ta markaziy va lokal qozonxonalar aholiga issiqlik energiyasini yetkazib berish bo‘yicha faoliyat yuritmoqda. Aholi xonadonlariga issiqlik energiyasi 2 830 kilometrdan ziyod issiqlik tarmoqlari orqali yetkazib beriladi.

Matbuot anjumanida toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ham aytib o‘tildi.

Bugungi kunda respublikada 33 million kishining 67,8 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Ichimlik suvi sifatiga mos suv manbalari bo‘lmagan hududlarga suv ta’minoti yechimi uchun uzunligi 2 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan magistral suv quvurlariga ega bo‘lgan mintaqalararo suv quvurlari qurildi.

Eng og‘ir hududlardagi ichimlik suvi muammosini alohida nazoratga olish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha moliyaviy manbalari aniqlashtirilgan 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan dastur loyihasini ishlab chiqish mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birga oxirigacha yetkazilmoqda.

Respublika aholisiga toza ichimlik suvi yetkazib berish ichimlik suv olish inshootlari 19taga ko‘paytirilgan va 16tasi ta’mirlangan. Natijada jami inshootlar soni 10 317taga yetkazilgan.

Ichimlik suv manbasi davlat standartlariga to‘g‘ri kelmagan hududlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11ta, Buxoro viloyatida 2ta suvni chuchuklashtirib beradigan uskunalar o‘rnatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 0
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 0
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar