“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 22:58
ЎЗO‘Z

Yirik bozorlar yonidagi kameralar 5 kunda yarim milliard so‘mdan ko‘proq jarima qayd etdi

16 iyul, 21:56 2 450 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yirik bozorlar yonidagi kameralar 5 kunda yarim milliard so‘mdan ko‘proq jarima qayd etdi Bugun, 16 iyul kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi multimedia markazida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ma’lum qilinishicha, poytaxt xududidagi yirik bozor va savdo majmualari atrofida yo‘l-transport hodisalari hamda tirbandliklarning oldini olish bo‘yicha, Xitoy Xalq Respublikasining «Xikvijn» kompaniyasi tomonidan transport vositalarini to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklarini qayd etish funksiyasiga ega 4 dona aylanma kuzatuv videokameralari «Toshkent savdo markazi», «Chilonzor buyum bozori» va «Karvon» bozorlariga o‘rnatilib, joriy yilning 1-9 iyul kunlari test tariqasida sinovdan o‘tkazilgan va bu vaqt ichida 8240ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Joriy yilning 10 iyul kunidan boshlab aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha chiqarilgan elektron qarorlarni manzillariga yetkazish uchun KAAT tizimi orqali O‘zbekiston pochtasiga elektron tartibda yuborilishi yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 10 iyul kunidan bugungi kunga qadar jami 864ta qoidabuzarlik aniqlanib, 525 mln 312 ming so‘m jarima belgilangan.

Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz muxbirining «shu kunga qadar oynalar qoraytirish bo‘yicha nechta qoidabuzarlik aniqlandi va ularning barchasidan jarimalar undirmoqdami?» degan savoliga javoban Toshkent shahar IIBB YHXX boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Aziz Sadirov javob berdi.

«Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida oynalarni ruxsatsiz qoraytirish bo‘yicha 1217 holat aniqlangan va barchasiga chora ko‘rilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda jarima maydonchalarida turgan avtomobillarning ko‘pchiligi aynan mana shu qoidabuzarlik bilan olib kirilgani va jarimalar to‘lanmayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar asossiz. Barcha holatlar bo‘yicha jarimalar undirilishi yuzasidan choralar ko‘rilmoqda, jazo muqarrarligi ta’minlanmoqda», degan u.

Eslatib o‘tamiz, bozor yoqasidagi yo‘lga «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi talabiga bo‘ysunmagan haydovchilarga avtomatik ravishda jarima yozadigan kamera o‘rnatilib, 10 iyuldan ishga tushgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 45
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 88
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 125
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 36
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 62
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 123
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 77
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 234
  • Bo‘limlar