“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 05:03
ЎЗO‘Z

Rasul Kusherbayev: Ko‘chmas mulkni buzish huquqini hokimlardan olib, sudlarga berish kerak

14 iyul, 14:30 2 800 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasul Kusherbayev: Ko‘chmas mulkni buzish huquqini hokimlardan olib, sudlarga berish kerak Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining kengaytirilgan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yig‘ilish partiyaning yangilangan dasturi, Saylovoldi dasturi loyihalarining muhokamasi, joriy yil dekabr oyida Oliy Majlis va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari saylovlarida samarali ishtirokini ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.

Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev partiyasining yangilangan dasturi va Saylovoldi dasturi loyihalariga o‘z takliflarini bildirdi:

— Partiya dasturi avvalgisidan butunlay farq qilishi kerak. – dedi Rasul Kusherbayev. — Bunda e’tibor umumiylikdan qochib, reallik va aniqlikka qaratilsa maqsadga muvofiq. Masalan, bugungi kunda tadbirkorlarni o‘ylantiradigan muammo, kiritmoqchi bo‘lgan investitsiyasi uchun sharoit va kafolatlar barqarormi, yo‘qmi? Tadbirkorlar bizdan kafolat talab qilmoqda. Dasturda bunga alohida to‘xtalish kerak.

Afsuski, so‘nggi vaqtlarda jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulklarini davlat, jamiyat ehtiyoji uchun degan bahonalar bilan qonunlarga rioya qilmasdan buzish holatlari ko‘plab uchramoqda. Biz fuqarolarning ko‘chmas mulkini buzish haqida qaror qabul qilish vakolatini hokimlardan olib, to‘liq sudlarga berishimiz zarur.

Chunki ko‘pchilik hokimlar bu boradagi qonun talablarini buzib, fuqarolarning mulk huquqlariga putur yetkazmoqda. Sud esa qonunlarga asosan qaror qabul qiladi. Bu taklifimiz inobatga olinsa, ko‘chmas mulk egalari, tadbirkorlarning mulk daxlsizligini ta’minlashda yangi qadam tashlangan hamda xorijiy investorlarni mamlakatga yanada ko‘proq jalb qilishga ham turtki bo‘lardi.

So‘nggi yillarda uy-joy qurilishi jadal amalga oshirilmoqda. Biroq aholi belgilangan narx-navodan norozi. Ularga «arzon» uylar qimmatlik qilyapti. Qurilish sohasida bir nechta monopol tashkilotlarning faoliyat olib borishiga ruxsat berilgani va boshqa tadbirkorlarning buyurtmachi sifatida qatnashish imkoniyati cheklangani ham bu muammoning kelib chiqishiga sabab bo‘lyapti. Nima uchun faqat «Qishloq qurilish invest» yoki «O‘zshahar qurilish invest» injiniring kompaniyalari davlat buyurtmasini bajarishi kerak?

Bugungi kunda xorij tajribasini o‘rganib, arzon va sifatli uylar qurayotgan tadbirkorlarimiz ham yo‘q emas. Biz ularga ham davlat buyurtmasini bajarishga imkon bersak bo‘lmaydimi? Bu partiya dasturlari loyihasiga kiritilgan monopollashuv jarayoniga qarshi kurash bo‘limiga to‘g‘ri keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 79
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 46
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 74
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar