“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:21
ЎЗO‘Z

TIV Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonliklar ishtirokida yuz bergan mojaroga izoh berdi

13 iyul, 22:45 3 899 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
TIV Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonliklar ishtirokida yuz bergan mojaroga izoh berdi Rossiya-Qozog‘iston chegarasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida mojaro kelib chiqqan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Voqea joriy yilning 11 iyul kuni ro‘y bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mojaro aks etgan videolar ham tarqalgan. O‘zbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga tayanib bo‘lib o‘tgan voqeada o‘zbekistonliklarning ishtiroki bo‘lganini tasdiqlagan.

G‘arbiy-Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar departamenti ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mahalliy nizo oqibatida hech kim jabrlanmagan hamda Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlariga hech qanday ariza kelib tushmagan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52) Aktau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-729-277-71-17) Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 238
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar