“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 12:45
ЎЗO‘Z

«Million» guruhi salkam 200 mln. so‘m davlat boji to‘lashi to‘g‘risida ogohlantirildi

13 iyul, 18:23 4 177 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Million» guruhi salkam 200 mln. so‘m davlat boji to‘lashi to‘g‘risida ogohlantirildi «Million» guruhi ijodiy jamoasi davlat bojini undirish to‘g‘risida rasmiy ogohlantirildi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» muassasasi xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-sonli qarori bilan tasdiqlangan Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi tomonidan joriy yilning 25 iyundagi navbatdagi yig‘ilishda jamoaning doimiy a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi va uning tashqarisida konsert dasturlarini muntazam ravishda o‘tkazib kelayotganligi bois, "BRAVO MUSIC" MChJ tomonidan, ya’ni «Million» guruhi ijodiy jamoasiga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi beruvchi litsenziya reytingning 2-guruhi berilib, har biriga yillik 19 867 540 so‘mdan amalga oshirilishi belgilangan.

Shu orqali, Muassasaga konsert o‘tkazish uchun taqdim etilgan konsert ssenariyda «Million» guruhi ijodiy jamoasiga Davron Qobulov, Mirkomil Musayev, Alisher Botirov, Ma’ruf Nosirov, Nig‘matjon O‘tkirov, Feruza Normatova, Umidjon Haydarov litsenziyasi uchun har biriga alohida yillik 19 867 540 so‘mdan, konsert dasturidagi qolgan a’zolarga reytingning 4-guruhi bo‘yicha Shavvozlar guruhi har biriga alohida yillik 8 109 200 so‘mdan, jami dasturdagi ishtirokchilar (13 nafar)ga 187 727 980 so‘m miqdoridagi to‘lovlar hisoblangan.

Shunga asosan litsenziya uchun 187 727 980 so‘m davlat bojini davlat muassasasining maxsus hisob raqamiga joriy yilning 16 iyuliga qadar to‘lash so‘ralgan.

Aks holda, Muassasa va "BRAVO MUSIC" MChJ, ya’ni «Million» guruhi ijodiy jamoasi o‘rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi bekor qilinishi aytilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 260
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 112
  • So'nggi yangiliklar
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 6
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Bo‘limlar