“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:44
ЎЗO‘Z

Toshkent shahar ichki ishlar organlarining 11 ta boshqarmasi apparati qisqartiriladi

13 iyul, 12:20 2 900 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahar ichki ishlar organlarining 11 ta boshqarmasi apparati qisqartiriladi 2019 yil 12 iyul kuni Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining Ichki ishlar vazirligi faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishni baholashning asosiy mezonlarida belgilangan maqsadli vazifalar ijrosi bo‘yicha 2019 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni eshitishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil davomida Ichki ishlar vazirligi zimmasiga 47 ta maqsadli vazifa yuklangan bo‘lib, shundan 24 ta topshiriqning bajarish muddati 2019 yilning birinchi yarim yilligi etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarga asosan o‘tkazilgan tahlillar natijasida 2019 yilning I choragi davomida bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlardan 3 tasining ijrosi to‘laqonli ta’minlanmaganligi aniqlangan.

Xususan, shaxsiy tarkib sonini 361 ta birlikka oshirish to‘g‘risida Ichki ishlar vazirligining buyrug‘ini qabul qilish hamda Toshkent shahar ichki ishlar organlarining 11 ta boshqarmasi apparatini qisqartirish hisobiga Toshkent shahar ichki ishlar bo‘linmalarining shaxsiy tarkib sonini 361 taga (20 foizga) oshirish belgilangan bo‘lsa-da, vazirlikning tegishli buyrug‘i o‘z vaqtida qabul qilinmagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xotin¬-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, boshqa jamoat tashkilotlari va idoralari bilan birgalikda huquqbuzarliklarning oldini olish va xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik darajasini kamaytirish bo‘yicha birgalikdagi harakatlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish belgilangan. Biroq ushbu vazifa ham o‘z vaqtida bajarilmagan.

Bundan tashqari, vazirlik zimmasiga uyushmagan yoshlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish yuzasidan kompleks chora¬tadbirlar ishlab chiqib, tasdiqlash vazifasi yuklatilgan. Lekin uning ijrosi ta’minlanmagan.

Majlisda ta’kidlanganidek, hozirgi vaqtda Ichki ishlar vazirligi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tizim ish samaradorligi va natijadorligi oshishini, vazirlik faoliyatini yanada kuchaytirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rish lozimligini ko‘rsatmoqda. Majlis ishtirokchilari aytib o‘tilganlardan kelib chiqib, aniq taklif va tavsiyalar bildirdilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar