“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 19:01
ЎЗO‘Z

Xotin-qizlar qo‘mitasi "bozorchi ayollar" surbetligiga chek qo‘yadi

11 iyul, 19:50 3 959 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xotin-qizlar qo‘mitasi "bozorchi ayollar" surbetligiga chek qo‘yadi "Mamlakatni bilaman desang, bozor bilan mozoriga bor, degan gap bor. Haqiqiy bozorchi ayollarda na ma’naviyat, na ma’rifat bor. Ammo shu so‘zga mos bo‘lmasligi uchun xotin-qizlar qo‘mitasi nima qildi?", - dedi bugun o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanova.

Shu o‘rinda, kuni kecha 10-iyul kuni Samarqand shahri Siyob bozorida ro‘y bergan bir noxush holat esimga tushdi. MDH davlatlaridan kelgan mehmonlar bilan bozor aylanib, Bibixonim madrasasi yaqinida to‘planib turgan edik, ana shunday bozorchi ayollardan biri kutilmaganda ichki ishlar organlari xodimlariga qo‘lini paxsa qilib, shang‘illab baqirib ketgani guvoh bo‘ldik. "Ikki yuz ming oylikka yashab bo‘ladimi? Nima demoqchisan?", - deb baqirardi qo‘lida turli suvenirlarni ko‘tarib olgan, og‘zi to‘la tilla tish ayol.

Ichki ishlar xodimi ayoldan qancha uzoqlashishga harakat qilsa, jazavasi tutgan ayol u tomon bostirib, baqirishdan to‘xtamasdi.
Ayolning harakatini mehmonlar hayron qarab kuzatishdi.
Shu tobda mehmonlar oldida izza bo‘lishdan ham ko‘ra, ichki ishlar xodimiga ko‘proq achindim.

Eng achinarlisi, oradan yarim daqiqa o‘tmay, bozor darvozasi oldida ana shunday bozorchi ayollardan yana biri ichki ishlar xodimiga hujumga o‘tdi. Uni ikki-uch kishi to‘xtatishga harchand harakat qilmasin, ayol yulqinib, formadagi organ xodimiga tashlanmoqchi bo‘lardi. Hayriyatki, shu vaqt avtobus tayyorligi e’lon qilindi va mehmonlar bozordan uzoqlashdilar.

Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimovaning aytishicha, Siyob bozoridagi ayollarning o‘zini tutishi masalasi kun tartibida turgan muammoli masalalardan biri. Muammo shundaki, bundaylar hech kimni eshitmaydi va "orani ochiq" qilib kun kechirishga odatlanib qolgan.

O‘zbekiston xotin-qizlar raisi Elmira Basitxanovaning aytishicha, endilikda bozorlarda qo‘mitaning boshlang‘ich tashkiloti tuziladi. Bozorda ishlaydigan ayollar ma’rifatsiz "bozorchi ayol" nomiga munosib bo‘lmasliklari uchun boshlang‘ich tashkilot xonasida ular bilan ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, bozorlarda radiouzel orqali Zulfiyaxonimning "Xotiram siniqlari"ga o‘xshash asarlar har kuni besh-olti martadan o‘qib eshittirilishi, muomala madaniyati mavzusida eshittirishlar tayyorlanishi ham ko‘zda tutilgan.

"Bor harakatimiz bozor haqiqatan ham ma’rifat manbai bo‘lishiga erishishga qaratiladi", - dedi Basitxanova.

Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimova tez kunlarda Siyob bozoriga chiqib, ayollar bilan shaxsan suhbat o‘tkazishini ma’lum qildi.

Manba: sputniknews-uz.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 110
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 70
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 208
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 553
  • Bo‘limlar